Bir kechada Yaqin Sharqda qanday voqealar yuz berdi
Isroil va Livan o‘rtasida 7-oktabr, dushanba kuniga o‘tar kechasi o‘qlar almashinuvi yuz berdi. Bu haqda Isroil mudofaa armiyasi (IDF) ma’lum qildi.
Avval IDF Livandan 15 ta snaryad uchirilgani haqida xabar berdi. Snaryadlarning ba’zilari bartaraf etilgan, boshqalari esa belgilangan nuqtaga yetib borgan.
Ma’lum qilinishicha, zarba natijasida Xayfa shahrida besh kishi jarohatlangan. Ularning hayoti xavf ostida emas, biroq ulardan biri o‘rtacha darajada jarohat olgan.
Biroz vaqtdan so‘ng Isroilning Bayrutga zarba bergani haqida ma’lumot tarqaldi. IDF livanlik «Hizbulloh» harbiy guruhining obyektlari, jumladan, qurol omborlari, qo‘mondonlik markazlari va razvedka ma’lumotlarini yig‘ish punktlari nishonga olinganini aytdi. Isroilning ta’kidlashicha, nishonlarning ayrimlari turarjoy binolarining tepasiga joylashtirilgan edi.
Shuningdek, IDF G‘azo sektoridagi HAMAS guruhining ob’ektlarini ham hujumga oldi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan «Hizbulloh»ning yangi yetakchisi Hoshim Safi ad-Din Isroilning zarbasidan so‘ng aloqaga chiqmay qo‘ygani haqida xabar bergan edi.