Dunyo boʻyicha qaysi yetakchi eng koʻp maosh oladi
eʼlon qilindi
Forbes ma’lum qildi
2024-yilda eng koʻp maosh oladigan dunyo yetakchisi Singapur bosh vaziri Lorens Vong boʻldi. Uning yillik maoshi $1,69 millionni tashkil etadi, deb xabar bermoqda Forbes.
Vong bu borada boshqa davlat rahbarlaridan ancha ilgarilab ketdi. Ikkinchi oʻrinni egallagan Shveysariya prezidenti Viola Amerdning yillik daromadi $572 mingni tashkil etdi.
Uchinchi oʻrinni Avstraliya bosh vaziri Entoni Albanese egalladi. Nashrning qayd etishicha, u 12 oyda $413 ming ishlab topadi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Meta rahbari Mark Sukerbergning boyligi oshib borayotgani haqida yozgan edi.