Eron Turkmaniston bilan chegarasini yopdi

eʼlon qilindi
Hozircha aniq sabab ko‘rsatilmadi
Foto: Turkmen.news

Eron ikki kundan beri Turkmaniston bilan chegarasidan odamlar va transport vositalarini o‘tkazmayapti. Bu haqda Turkmen news manbasi ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, turkmanistonlik tadbirkorlar, ziyoratchilar va qo‘shni davlatga davolanish uchun ketayotgan odamlar chegaradan qaytarilmoqda. Gaudan-Bajigiran va Seraxs nazorat punktlarida Eron yuk mashinalari ham Turkmanistonga kiritilmadi. Shu fonda Ashxobod va boshqa hududlarda o‘simlik yog‘i tanqisligi yuzaga kela boshladi.

Neytral zonada o‘nlab odamlar qo‘shni davlatga sayohat qilish uchun ruxsat kutmoqda, boshqalari kutishdan charchagan holda ortiga qaytdi. Turkmaniston chegarachilari odamlarni o‘tkazishga ruxsat bermoqda, biroq ular uzoqqa borolmayapti.

Chegarani yopish sabablari hali ma’lum emas. Versiyalardan biriga ko‘ra, bunga Eron va Isroil o‘rtasidagi munosabatlardagi keskinlik sabab bo‘lgan. Jahon matbuoti Eronning Isroilga yaqinda uyushtirgan raketa hujumiga javoban yaqin kunlarda Isroilning Islom Respublikasiga zarba berishi mumkinligini xabar qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Oʻzbekiston – Qirgʻiziston chegarasida ikkita bojxona posti ochilgan edi.

Shuningdek