Checheniston rahbari Ramzan Qodirov Rossiyada migratsiya siyosati qattiqlashganidan noroziligini bildirdi. Bu haqda u o‘zining Telegram sahifasida ma’lum qildi.
Uning qayd etishicha, ko‘rilgan chora-tadbirlar bor umidlarni puchga chiqaradi va qo‘shni davlatlar bilan munosabatlarni yomonlashtiradi.
Qodirovga ko‘ra, muammoni ommaviy haydash bilan hal qilib bo‘lmaydi. Muammoning ildizi migrantlarda emas, balki bu muammolar bilan shug‘ullanishi kerak bo‘lganlar tomonidan nazoratning sustligi va tezkor yechim yo‘qligidadir.
Qodirov muhojirlarga nisbatan tajovuzkor yondashuvdan voz kechishga chaqirdi va o‘ylamasdan choralar ko‘rmasdan, jarayonni yanada samarali nazorat qilish uchun migratsiya siyosatida tartib o‘rnatishni taklif qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, migrantlarning ko‘pchiligi qonunga bo‘ysunuvchi shaxslar bo‘lib, ular bilan huquqbuzarlarni farqlash zarur.
«Xo‘sh, biz bugungi muhojirlarni to‘liq ta’qib qilib haydab chiqaramiz. Lekin ertaga boshqa hududlardan boshqalari keladi. Ularning oldingilaridan yaxshiroq bo‘lishiga kim kafolat beradi?», deya ta’kidladi Qodirov.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya migrantlar farzandlari uchun bepul ta’limni bekor qilmoqchiligi haqida yozgan edik.