Yangiliklar

Oʻzbekiston xalqaro vodorod dasturida ishtirok etishni rejalashtirmoqda

Tijoriy huquq va taraqqiyot dasturi (CLDP) masalalari ham ko‘rib chiqildi
Foto: Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

7-oktabr kuni Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov AQSh Savdo vaziri yordamchisi o‘rinbosari D.De Falko bilan hamkorlik masalalarini muhokama qildi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, ikki mamlakat vakili davlatlar o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlash masalalarini muhokama qildi. Norasmiy virtual savdo muloqotini tashkil etish va oʻzaro biznes missiyalarini oʻtkazish shular jumlasidandir.

Shuningdek, Oʻzbekistonning xalqaro vodorod dasturida ishtirok etish imkoniyatlari geologiya va metallurgiya, kimyo, to‘qimachilik sanoati sohalarida hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha qo‘shma chora-tadbirlar muhokama qilindi.

Shu bilan birga, O‘zbekiston mahsulotlarining AQSH bozorlariga chiqishini kengaytirish imkonini beruvchi Imtiyozlar tizimi (GSP)ni tiklash, O‘zbekistonning SABIT dasturida ishtirok etishiga texnik va konsalting yordamini ko‘rsatish, Tijoriy huquq va taraqqiyot dasturi (CLDP) masalalari ko‘rib chiqildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston va Eron biznes-forum o‘tkazishga hozirlik ko‘rayotgani haqida yozgan edik.