Yangiliklar

Oʻzbekistonda aksiyadorlik jamiyatlari soni 10 foizga oshdi

Markaziy depozitariy ma’lumotlariga ko‘ra
Foto: Unsplash

Oʻzbekistonda 2024-yil oktabr oyi boshida 680 ta aksiyadorlik jamiyati faoliyat koʻrsatmoqda, bu 2023-yilning shu davriga nisbatan 10 foizga koʻpdir. Bu haqda Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi matbuot xizmati xabar berdi.

Depozitariy ma’lumotlariga koʻra, AJlarning 334 tasi xorijiy ulushga ega boʻlib, ularning asosiy qismi – 99,2 foizi xorijiy yuridik shaxslarga, qolgan 0,8 foizi jismoniy shaxslarga tegishli hisoblanadi.

Eslatib oʻtamiz, may oyi boshida Oʻzbekiston Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi respublika Markaziy bankida vakillik hisobvaragʻini ochgan edi.

Bu qadam depozitariyga kapital bozorida qisqa muddatli hisob-kitoblarni amalga oshirish imkonini beradi. Investorlar oʻz huquqlarini yanada samarali himoya qiladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan joriy yil boshida Oʻzbekistonda aksiyalar emissiyasi 14 foizga oshgani haqida yozgan edi.