2024-yil yanvar – sentabr oylari davomida Olmaliq kon-metallurgiya kombinati (OKMK) $486,1 mln.lik mahsulotni eksport qildi. Korxona ma’lumotiga koʻra, bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 5,4% ga kamaygan.
Ushbu davr mobaynida xorijiy iste’molchilarga 42,2 tonna mis, 21,5 ming tonna rux mahsuloti va 12,2 ming tonna qo‘rg‘oshin kontsentrati yetkazib berilgan.
Eslatib o‘tamiz, Germaniya banklari OKMKning mis eritish majmuasi uchun 146 million yevro ajratadi. Ushbu mablag‘lar KfW IPEX Bank va Ausfuhrkredit-Gesellschaft mbH tomonidan taqdim etiladi.
Avvalroq Kursiv OKMK eksporti nima uchun kamayayotgani haqida yozgan edi.