O‘zbekiston va Janubiy Koreya elektrotexnika ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda
![](https://cdn-uz.kursiv.media/wp-content/uploads/2024/10/depositphotos_347519952_l-1024x684.jpg)
O‘zbekiston hamda Janubiy Koreya kompaniyalari avtomobilsozlik va elektrotexnika ishlab chiqarish bo‘yicha kelishib oldi. Bu haqda «Dunyo» nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, Koreya Respublikasi elchisi Von Do Yon ishtirokida «O‘zbekiston – Koreya sanoat-akademik innovatsiyalar haftaligi – 2024» tadbirida qatnashish uchun O‘zRga kelgan Janubiy Koreya kompaniyalari vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida O‘zbekistonda investitsiya va ishbilarmonlik muhitini yaxshilash maqsadida amalga oshirilayotgan islohotlar, xorijiy investorlarni qo‘llab-quvvatlash va mamlakatda tadbirkorlikni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida batafsil ma’lumot berildi.
Bundan tashqari, investitsiya va savdo-iqtisodiy sohalardagi ikki tomonlama munosabatlarni yanada rivojlantirish va kengaytirish masalalari alohida muhokama qilindi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kursiv Oʻzbekiston Janubiy Koreya kompaniyasidan oltita elektropoyezd xarid qilishi haqida xabar bergan edi.