Qozogʻistonda AES qurilishi boʻyicha referendumning natijalari e’lon qilindi
eʼlon qilindi
Ovoz berishda 7,8 million kishi yoki saylov huquqiga ega fuqarolar sonining 63,66 foizi ishtirok etgan
Qozogʻiston fuqarolari referendumda AES qurilishini qoʻllab-quvvatladi. Ovoz beruvchilarning 71,12 foizi yoqlab ovoz berdi, deb xabar bermoqda respublika Markaziy saylov komissiyasi.
2 million saylovchi AES qoʻrilishiga qarshi chiqqan boʻlsa, 130,2 ming byulleten haqiqiy emas deb topilgan.
Dastlabki ma’lumotlarga koʻra, ovoz berishda 7,8 million kishi yoki saylov huquqiga ega fuqarolar sonining 63,66 foizi ishtirok etgan.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Oʻzbekistonda birinchi atom elektr stansiyasi qanday boʻlishi haqida xabar bergan edi.