Yangiliklar

Rossiyadan O‘zbekistonga adabiyotlar yuboriladi

Ularni «Rossotrudnichestvo» yetkazib beradi
Foto: Unsplash

Rossiya Federal Davlat tashkilotlari agentligi «Rossotrudnichestvo» yil oxirigacha 20 ta mamlakatga kitoblar yetkazib berishni ma’lum qildi. Mamlakatlar ro‘yxatida O‘zbekiston ham bor. Bu haqda TASS agentligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, chet mamlakatdagi rus maktablariga badiiy, ta‘lim, ilmiy-populyar va metodik adabiyotlar taqdim etiladi.

Umumiy hisobda 125 ming kitob yuborilishi rejalashtirilgan. Biroq O‘zbekistonga qancha adabiyot yuborilishi haqida ma’lumot berilmagan.

O‘zbekistondan tashqari kitoblar Tojikiston, Qozog‘iston, Turkmaniston, Ozarbayjon, Gruziya, Armaniston hamda boshqa Osiyo va Yevropa davlatlariga ham yuboriladi. Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kursiv O‘zbekistonda eng yaxshi tarjima qilingan adabiyotlar uchun xalqaro mukofot ta’sis etilgani haqida xabar bergan edi.