Samarqand xalqaro aeroporti toʻqqiz oy davomida 1 mlndan ortiq yoʻlovchiga xizmat koʻrsatdi
Samarqand xalqaro aeroporti 2024-yilning toʻqqiz oyi davomida 1 milliondan ortiq yoʻlovchiga xizmat koʻrsatdi, bu oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 43 foizga koʻpdir. Bu haqda kompaniya axborot xizmati Kursiv Uzbekistanʼga xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, mazkur koʻrsatkich 2023-yildagi yillik rekorddan oshgan. Oʻtgan yili aeroport 1,01 million yoʻlovchiga xizmat koʻrsatgan edi.
Yoʻlovchilar oqimining eng sezilarli oʻsishi xalqaro yoʻnalishlar – Moskva, Istanbul, Sankt-Peterburg, Abu-Dabi va Jiddaga reyslarida kuzatdi. Mazkur davrda ushbu reyslarda 780 ming yoʻlovchiga xizmat koʻrsatilgan bo‘lsa, mahalliy reyslarda tashish hajmi 49 ming yoʻlovchini tashkil etgan.
Shuningdek, Samarqand xalqaro aeroporti yoʻnalishlar tarmogʻini kengaytirishda davom etmoqda. Samarqanddan 2 ta ichki va 24 ta xalqaro yoʻnalishda yangi parvozlar amalga oshirildi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Samarqand aeroporti yoʻlovchilar oqimining oʻsishi boʻyicha ACI Europe reytingida ikkinchi oʻrinni egallagani haqida xabar berdi.