O‘zbekiston Respublikasi prezidenti amaliy tashrif bilan Moskva shahriga keldi. Bu haqda davlat rahbarining matbuot xizmati ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, «Vnukovo» aeroportida davlatimiz rahbarini Rossiya Federatsiyasi prezidentining yordamchisi Maksim Oreshkin va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.
Ertaga, 8-oktabr kuni MDH sammitining asosiy tadbirlari bo‘lib o‘tadi. Kun tartibidan Hamdo‘stlik doirasidagi ko‘p tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirishning dolzarb masalalari o‘rin olgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shavkat Mirziyoyev o‘qituvchilarga ming dollar maosh va’da qilgan edi.