Sobiq erim bilan aloqador maqolalarni internetdan oʻchirish uchun $30 ming sarfladim – Maryam Tillayeva
eʼlon qilindi
Tillayevaning soʻzlariga koʻra, bugungi kunda internetdan nimanidir oʻchirsa, xuddiki hayotda boʻlmagandek taassurot uygʻotadi
Oʻzbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimovning nevarasi Maryam Tillayeva sobiq eri bilan bogʻliq hamma maqolalar va ochiq rasmlarini internetdan oʻchirish uchun $30 ming bergani haqida soʻzlab berdi.
Hozirgi vaqtda blogerlik va tadbirkorlik bilan shugʻullanayotgan Tillayevaning soʻzlariga koʻra, bugungi kunda internetdan nimanidir oʻchirsa, xuddiki hayotda boʻlmagandek taassurot uygʻotadi.
Eslatib oʻtamiz, Tillayeva 2021-yilda rossiyalik bloger Amiran Sardarovga turmushga chiqqan edi. Ular toʻyidan 10 oy oʻtib ajrashgan.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Gulnora Karimova Shveysariyada jinoiy tashkilotga rahbarlik qilganlikda ayblangani haqida xabar bergan edi.