Tibbiyot bo‘yicha Nobel sovrindorlari kim

eʼlon qilindi
Viktor Ambros va Gari Ruvkun
Foto: www.nobelprize.org

Tibbiyot va fiziologiya bo‘yicha Nobel mukofoti genlar faoliyatini boshqaruvchi mikroRNK molekulalarini kashf etgan Viktor Ambros va Gari Ruvkunga berildi.

MikroRNKlar – bu ribonuklein kislota molekulalarining maxsus sinfi bo‘lib, ular boshqa molekulalar bilan birga ko‘plab genlarning faolligini aniqlaydi. Ko‘pincha ma’lum bir gen tananing ma’lum hujayralarida faol bo‘lishi mikroRNKlarga bog‘liq.

2023-yilda ushbu yo‘nalishda Nobel mukofoti Pensilvaniya universitetidan Dryu Vaysman va Katalin Kariko Covid-19’ga qarshi mRNA vaksinalarini yaratgani uchun berilgan edi.

Qayd etilishicha, ushbu yo‘nalish mukofot haftaligini ochib berdi. 8-oktabrda fizika, 9-oktabrda kimyo, 10-oktabrda adabiyot bo‘yicha laureatlarning nomi e’lon qilinadi. 11-oktabr kuni tinchlik mukofoti, 14-oktabrda esa Alfred Nobel xotirasiga iqtisod bo‘yicha mukofot topshiriladi.

Eslatib o‘tamiz avvalroq Kursiv Uzbekistan Nobel mukofoti sovrindori O‘zbekistonda monopoliyalarni boshqarish bo‘yicha ma’ruza qilishi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek