Yonilgʻi quyish shoxobchalari faoliyatini kuzatib borish uchun mobil ilova ishga tushiriladi

eʼlon qilindi
Ilova mahalliy IT-kompaniyalar bilan birgalikda ishlab chiqiladi va tez orada taqdim qilinadi
Foto: O‘zenergoinspeksiya

Oʻzbekistonda 1-dekabrgacha yonilgʻi quyish shoxobchalarining ishlashi va ularda gaz borligini kuzatib borish uchun mobil ilova ishga tushiriladi. Bu haqda Energetika vaziri Joʻrabek Mirzamahmudov ma’lum qildi.

Tizim 1200 dan ortiq yonilgʻi quyish shoxobchalarini qamrab oladi. Ilova mahalliy IT-kompaniyalar bilan birgalikda ishlab chiqiladi va tez orada taqdim qilinadi.

«Bu bepul boʻladi. Biz ular bilan Energetika vazirligi orqali shartnoma qilib, tizimni va ilovani yaratib berish boʻyicha kelishuvga erishdik. Faqat oʻsha yonilgʻi quyish shoxobchalari qoʻshimcha xizmati uchun yoki reklama uchun mobil ilovani ishlatsa qandaydir toʻlov mavjud boʻladi. Lekin yonilgʻi quyish shoxobchalari bu ilovani ishlatish yoki ishlatmasligi oʻzining ixtiyorida boʻladi», – deydi Mirzamahmudov.

Bundan tashqari, ilova har bir shoxobchaning ish vaqti va tirbandlik darajasi haqidagi joriy ma’lumotlarni aks ettirish funksiyasi bilan jihozlanadi. Bu foydalanuvchilarga joylashuvi va kunning vaqtiga qarab eng mos yonilgʻi quyish shoxobchalarini tanlash imkonini beradi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Gazprom O‘zbekistonda yonilg‘i quyish shoxobchalarini ochishi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek