Aeroportda sogʻligʻi yomonlashgan ayol shifoxonada vafot etdi

eʼlon qilindi
Ayolda tibbiy biologik o‘lim holati qayd etilgan
Foto: Uzbekistan Airports / matbuot xizmati

Tarmoqda tarqalgan xabarlarda ayol bojxona tekshiruvidan o‘tayotganida vafot etgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Ushbu holat yuzasidan Bosh prokuratura axborot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov rasmiy bayonot berdi.  

Qayd etilishicha, Dubay — Toshkent aviareysida uchib kelgan va sog‘lig‘i yomonlashganligi sabab Chilonzor tumani ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (RShTYoIM)ga olib kelingan. Fuqaroga ko‘rsatilgan tibbiy reanimatsion yordamlarga qaramasdan ayolda tibbiy biologik o‘lim holati qayd etilgan.

Holat yuzasida marhumaning o‘lim sababini aniqlash uchun sudga oid tibbiy ekspertiza tayinlangan. Mazkur holat bo‘yicha, hozirda prokuratura tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kursiv Uzbekistan Turkiya aeroportida O‘zbekiston fuqarolari 18,5 kg oltin bilan qo‘lga tushgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek