Amerikalik pop va kantri qo‘shiqchisi Teylor Sviftning boyligi $1,6 milliardga yetdi. Bu unga dunyoning eng boy musiqachi ayol reytingida sobiq yetakchi Riannani almashtirish imkonini berdi. Bu haqda Fox Business portal xabar qildi.
Svift professional faoliyati reklamaga suyanmagan holda albomlar sotuvi va konsertlar orqali daromad olgan kam sonli musiqachilardan biri hisoblanadi. Xonanda uchun 2023-yil mart oyida boshlangan Eras («Epoxalar») turi moliyaviy jihatdan juda muvaffaqiyatli bo‘lgan.
Bundan tashqari, o‘tgan yili uning turiga bag‘ishlangan film kinoteatrlarda namoyish etildi. «Teylor Svift: Epoxalar turi» boshlanishida $92,8 million daromad keltirdi. 2024-yil aprel oyida 34 yoshli qo‘shiqchi o‘zining 11-chi albomi The Tortured Poets Department («Azoblangan shoirlar bo‘limi») ni chiqardi.
«Teylor iste’dodini monetizatsiya qilish borasida noyob mavqega ega. Artistlar raqamli yuklashlar sababli albom sotuvlari kamayishi tufayli millionlab dollar yo‘qotayotgan davrda, u texnologiya to‘lqinidan foyda chiqara oldi», – dedi brending bo‘yicha ekspert Dug Eldridj.
Eng boy musiqachi ayol reytingidagi sobiq yetakchi Rianna boyligining $1,7 milliarddan $1,4 milliardga tushgani tufayli yetakchilikni boy berdi.
Ma’lumot uchun, Svift – qo‘shiqchi va o‘z qo‘shiqlarining muallifi. U 14 yoshidan musiqa bilan shug‘ullanib, dastlab kantri-musiqachi sifatida ish boshlagan. U 14 ta Gremmi mukofotining sohibasi bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kursiv Uzbekistan 2024 yilgi Gremmi sovrindorlari haqida xabar bergan edi.