Eron fuqarolik samolyotlarining parvoziga cheklovlarni bekor qildi

eʼlon qilindi
Aviaqatnovlar uchun qulay va xavfsiz sharoitlar yaratildi
Foto: kefirm / depositphotos

Eron fuqarolik aviatsiyasi parvozlariga qo‘yilgan cheklovlar bekor qilindi. Bu haqda Interfaks nashri xabar berdi.

«Eron fuqarolik aviatsiyasi tashkiloti parvozlar uchun qulay va xavfsiz sharoitlar yaratgandan so‘ng e’lon qilingan barcha cheklovlar bekor qilindi va aviakompaniyalarga parvozlarni amalga oshirishga ruxsat berildi», – deyiladi xabarda.

Bundan avvalroq «Mehr» axborot agentligi Eron fuqarolik aviatsiyasi tashkiloti vakiliga tayanib, barcha Eron aeroportlarida 6-oktabr, yakshanba kuni mahalliy vaqt bilan soat 21:00 dan dushanba kuni 06:00 gacha reyslar bekor qilinganini xabar qilgan edi.

Yakshanba kuni Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi (IRQK) Harbiy-dengiz kuchlari qo‘mondoni kontr-admiral Alirizo Tangsiri Eron qo‘mondonligi Tehron Isroil bilan to‘qnash kelgan taqdirda bir qancha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqqanini aytgandi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Tramp Isroilning Eron yadroviy inshootlariga hujumini qoʻllab-quvvatlagani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek