Fizika bo‘yicha Nobel mukofoti sovrindorlari aniqlandi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Laureatlar faoliyati davomida statistik fizika bilan shug‘ullanib kelgan.
Foto: www.nobelprize.org

Fizika bo‘yicha 2024-yilgi Nobel mukofoti sun’iy neyron tarmoqlaridan foydalangan holda mashinali o‘qitishni ta’minlaydigan asosiy kashfiyotlar va ixtirolar uchun Jon Xopfild va Jeffri Xintonga berildi. Bu haqda Stokgolmdagi Qirollik Karolinska tibbiy-jarrohlik instituti xabar qildi.

Ma’lum qilinishicha, har ikki laureat faoliyati davomida statistik fizika bilan shug‘ullanib kelgan.

Eslatib o‘tamiz, 2023-yilda fizika bo‘yicha Nobel elektronlar bo‘yicha eksperimental tajribalar o‘tkazgan olimlar Per Agostini, Ferens Krauz va Ann Le-Huillerga taqdim etilgan edi.

Ma’lumot uchun, 9-oktabrda kimyo, 10-oktabrda adabiyot bo‘yicha laureatlarning nomi e’lon qilinadi. 11-oktabr kuni tinchlik mukofoti, 14-oktabrda esa Alfred Nobel xotirasiga iqtisod bo‘yicha mukofot topshiriladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan tibbiyot va fiziologiya bo‘yicha Nobel mukofoti mikroRNK molekulalar kashfiyoti uchun Viktor Ambros va Gari Ruvkunga berilgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek