Soliq organlari tomonidan 2024-yilning III choragida soliq tushumlari hisobiga Davlat budjeti 49,1 trln so‘mga ko‘paydi. Bu haqda Soliq qo‘mitasi ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, ushbu ko‘rsatkich 2023-yilning shu davriga nisbatan 21,6 %ga ziyod.
Soliq turlari kesimida foyda solig‘i 11,9 trln so‘m, QQS 10,6 trln so‘m, JShODS 8,5 trln so‘m, aksiz solig‘i 4,7 trln so‘m va yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq 4,5 trln so‘m miqdorni hosil qilgan.
Shuningdek, soliqsiz tushumlar (davlat boji, jarimalar, yig‘imlar) 4,4 trln so‘m, yer solig‘i 2 trln so‘m, mol-mulk solig‘i 1,6 trln so‘m, aylanma solig‘i 755,7 mlrd so‘m hamda suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq 196,9 mlrd so‘m qiymatni tashkil etgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq EHF bo‘yicha tovar aylanmasi 23 foizga oshgani haqida xabar bergan edik.