Mobil aloqa operatorlari ogohlantirish oldi

eʼlon qilindi
Ko‘plab mijozlar yo’llagan murojaatlarga asoslanib
Foto: Scanrail / Depositphotos..com

Raqobat qo‘mitasi aloqa sifati, hisob-kitoblarning notoʻgʻri yuritilishi va ortiqcha qarzdorliklar, qoʻshimcha xizmatlar hamda reklama maqsadidagi SMS xabarlar haqidagi e’tirozli murojaatlar yuzasidan mobil aloqa operatorlarini qat’iy ogohlantirdi. Bu haqda Qo‘mita matbuot xizmati ma’lum qildi.

Kelib tushgan murojaatlarda pullik kontent xizmatlarga ulab qoʻyilganligi, qoʻshimcha moliyaviy va savdo xizmatlari koʻrsatishda shartnoma shartlarini va tovar yetkazib berish muddatlarini buzilishi, xizmat narxlarining va tarif shartlarining oʻzgarganligi (oshishi) kabi muammolar ham qayd etilgan.

Ma’lumot uchun, «Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida»gi qonuniga binoan, ijrochi ayrim turdagi xizmatlar koʻrsatish qoidalarida yoki shartnomada belgilangan muddatda, hajmda va sifatda ishni bajarishi shart. Sotuvchi yoki ijrochi koʻrsatilmagan xizmatlar uchun haq olishga haqli emas.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq «Shaffof sement sanoat» 669 mln so‘mlik manipulyatsiyalarda ayblangan edi.

Shuningdek