Yangiliklar

Nigeriya BRIСS sammiti oldidan neftni dollar o‘rniga mahalliy valyutada sotishga qaror qildi

Bu haqda Moliya vazirligi vakili ma’lum qildi
Foto: Thecable.ng

Afrikaning neft va gazga boy mamlakati Nigeriya ham xomashyo neftni AQSh dollari oʻrniga mahalliy valyutada sotishni boshlashini e’lon qildi. Bu haqda Bernama ma’lum qildi.

Moliya vazirligining Axborot va jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi direktori Muhammad Manga o‘z bayonotida Federal Ijroiya Kengashi xom neft sotishni nairada amalga oshirilishini e’lon qildi.

Ma’lumot uchun, oxirgi marta 2022-yilning fevralida Rossiya – Ukraina mojarosi boshlanganidan keyin bir qancha davlatlar neft va gazni mahalliy valyutalarda sotishni boshlagan edi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq BRICS’da mustaqil to‘lov tizimini yaratish haqida o‘ylayotganini yozgan edik.