Oʻzbekiston TIV rahbari: «MDH davlatlari bilan hamkorlik borasida katta imkoniyatlarni koʻryapmiz»

eʼlon qilindi
Hamdo‘stlik tashqi siyosat idoralari rahbarlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
Foto: Baxtiyor Saidov / Telegram kanal

Oʻzbekiston Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi (MDH) ishtirokchi davlatlari bilan munosabatlarni rivojlantirish niyatida. Bu haqda tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov o‘z Telegram kanalida ma’lum qildi.

Kecha Moskvada o‘tkazilgan MDH Tashqi ishlar vazirlari kengashi yigʻilishida O‘zbekiston TIV rahbari Baxtiyor Saidov ham ishtirok etdi.

«Barcha sohalarda, ayniqsa, iqtisodiy hamkorlikni oshirishda o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish uchun keng imkoniyatlarni ko‘rib turibmiz», – dedi Saidov oʻzining Telegram kanalida.

Uchrashuvda davlatlar vakillari oʻzaro savdo uchun sharoitlar yaratish masalalarini va «butun dunyo boʻylab kuchayib borayotgan mojarolarni» hal qilish yoʻllarini muhokama qildilar.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kursiv Uzbekistan prezident Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Moskvaga yetib kelgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek