Oʻzbekiston terma jamoasi Estoniyaning Tallin shahrida boʻlib oʻtgan xalqaro konkur chempionatini uchta medal bilan yakunladi, ulardan biri oltin. Bu haqda Milliy olimpiya qoʻmitasi (MOQ) xabar qildi.
Ushbu musobaqalarda o‘zbek chavandozlari bir dona oltin, kumush va bir dona bronza medalini qoʻlga kiritdi. Chempionatning soʻnggi kunida 150 sm balandlikdagi toʻsiqlar bilan oʻtkazilgan poygada Abdurahmon Abdullayev ikkinchi oʻrinni egalladi.
Shuningdek, Abdullayev 140 sm balandlikdagi toʻsiqlar bilan boʻlgan yoʻnalishda oltin medalga sazovor boʻldi. Ushbu yoʻnalishda Bekzod Qurbonov esa bronza medalini qoʻlga kiritdi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Birlashgan Arab Amirliklaridagi konkur musobaqalarda oʻzbekistonlik chavandozlarning sovrinlari haqida xabar bergan edi.