O‘zbekistondagi fransuz tili o‘qituvchilarida chet elga borish imkoni paydo bo‘ldi

eʼlon qilindi
Malaka oshirish uchun
Foto: oksanello / www.depositphotos.com

O‘zbekistondagi fransuz tili o‘qituvchilari malakasini oshirish uchun chet elga borish imkoniyatiga ega bo‘lishadi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.  

Ta’lim Fransiyada tashkil etilishi rejalashtirilgan. Ushbu kelishuvga Xalqaro frankofoniya tashkilotining 19-sammitida erishilgan.

Vazirlikning ma’lumotlariga ko‘ra, fransuz tili O‘zbekistondagi 600 ta maktabda chet tili sifatida o‘qitiladi. Bundan tashqari, fransuz tili ikkinchi chet tili sifatida qo‘shimcha 100 ta ta‘lim muassasasida o‘rgatiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kursiv Uzbekistan Fransuz madaniyat markazi qurilishi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek