Yangiliklar

Turkiya aeroportida O‘zbekiston fuqarolari 18,5 kg oltin bilan qo‘lga tushdi

Qiymati $1,5 millionga teng bo‘lgan
Foto: Videodan lavha

Turkiyaning Izmir aeroportidan o‘zbekistonlik olti nafar ayol 18,5 kilogramm oltinni noqonuniy olib o‘tishga urindi. Bu haqda Baza nashri xabar berdi.  

Ma’lum qilinishicha, ayollar BAAdan kelgan. Tekshiruv natijasida 82 ta oltin quymasi, 18 ta PlayStation o‘yin pristavkasi va 3 ta smartfon topilgan.

Shuningdek, ayollarning jinsiy a’zolarida yashirilgan yana 84 ta oltin quymasi aniqlanib, jarrohlik yo‘li bilan olingan. Oltinlarning umumiy og‘irligi 18,5 kg bo‘lib, qiymati 55 million turk lirasi ($1,5 million) deb baholangan. Ayollar va ularni kutib olgan erkak hibsga olingan.

Ma’lumot uchun, jismoniy shaxslar zargarlik buyumlarini shaxsiy ehtiyoji uchun 65 grammgacha bo‘lgan miqdorda O‘zbekiston Respublikasi hududiga bojsiz olib kirishlari mumkin.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Toshkent aeroportidan 600 mln so‘mlik zargarlik buyumlarining noqonuniy olib o‘tilishiga chek qo‘yilgani haqida xabar bergan edi.