Qirgʻiziston AES uchun joy qidirmoqda – Energetika vaziri

eʼlon qilindi
AES qurilishi besh-olti yil davom etadi
Фото: Depositphotos.com

Qirgʻiziston hukumati «Rosatom» bilan hamkorlikda atom energetikasini rivojlantirish imkoniyatlarini oʻrganib, AES qurilishi uchun maqbul joy izlamoqda.

4-oktabr kuni boʻlib oʻtgan «Eldik» deputatlar guruhi yigʻilishida mamlakat energetika vaziri Taalaybek Ibrayev atom elektr stansiyasiga ehtiyoj borligini va u barqaror energiya ta’minotini ta’minlashning eng ishonchli texnologiyalaridan biri hisoblanishini ta’kidladi.

«AES qurilishi besh-olti yil davom etadi. Biz uni sovitish uskunalari uchun suv manbalari yaqinida joylashtirish va elektr tarmogʻiga ulash uchun joy tanlash bosqichidamiz», – dedi Ibrayev.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Qozogʻistonda AES qurilishi boʻyicha referendumning natijalari e’lon qilingani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek