Qirgʻiziston hukumati «Rosatom» bilan hamkorlikda atom energetikasini rivojlantirish imkoniyatlarini oʻrganib, AES qurilishi uchun maqbul joy izlamoqda.
4-oktabr kuni boʻlib oʻtgan «Eldik» deputatlar guruhi yigʻilishida mamlakat energetika vaziri Taalaybek Ibrayev atom elektr stansiyasiga ehtiyoj borligini va u barqaror energiya ta’minotini ta’minlashning eng ishonchli texnologiyalaridan biri hisoblanishini ta’kidladi.
«AES qurilishi besh-olti yil davom etadi. Biz uni sovitish uskunalari uchun suv manbalari yaqinida joylashtirish va elektr tarmogʻiga ulash uchun joy tanlash bosqichidamiz», – dedi Ibrayev.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Qozogʻistonda AES qurilishi boʻyicha referendumning natijalari e’lon qilingani haqida xabar bergan edi.