Qirg‘izistonda chilimga soliq joriy etilishi mumkin, bu tashabbus bilan deputat Kubanichbek Samakov chiqdi, deb xabar berdi Economist.kg.
Deputatning so‘zlariga ko‘ra, jamoat ovqatlanish shoxobchalarida taqiqlanganiga qaramay, Qirg‘izistondagi deyarli barcha kafelarda chilim sotiladi.
«Bu qonunbuzarliklarni Sogʻliqni saqlash vazirligining vakolatli organlari koʻrib chiqadi, lekin jarima oʻrniga pora olib, ishni bosdi-bosdi qilishadi. Bu holatga mukammal yechim bo‘la olmaydi. Shuning uchun, chilimga oylik yoki yillik soliq to‘lovini joriy qilish lozimmikin?» – deydi Samakov.
Qirg‘iziston muassasalarida chilim chekish uchun jarima miqdori 23 ming somni (taxminan 3,4 mln so‘m) tashkil etadi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Qirg‘iziston sigaretalar importini taqiqlamoqchi ekani haqida yozgan edi.