Sentabr oyida IT Park rezidentlariga 99 ta yangi kompaniya qo‘shildi

eʼlon qilindi
Yangi rezidentlarning 2/3 qismi eksportga yo‘naltirilgan
Foto: IT Park

Joriy yil sentabr oyida IT Park rezidentlari safiga 99 ta yangi IT-kompaniya qo‘shildi. Bu haqda IT Park axborot xizmati xabar berdi.

Ushbu rezidentlarning 29 tasi Buyuk Britaniya, Singapur, Hindiston, Malayziya va Germaniya kabi mamlakatlarning sarmoyasi ishtirokida tashkil etilgan.

Yangi rezidentlarning 66 tasi, ya’ni 2/3 qismi eksportga yo‘naltirilgan bo‘lib, ular birinchi yilida 700 dan ortiq ish o‘rni yaratishni rejalashtirmoqda.

Hozirgi vaqtda IT Parkda eksport bilan shug‘ullanuvchi rezidentlar soni 936 taga, xorijiy kompaniyalar esa 574 taga yetgan.

Yangi eksportchilarning asosiy bozorlariga AQSh, Germaniya, Fransiya, Xitoy va Janubiy Koreya kabi davlatlar kiradi.

Singapurning «Bipo sevvices silk road» va Malayziyaning «Summitnext» kompaniyalari ham IT-autsorsing xizmatlarini ko‘rsatish uchun O‘zbekistonda o‘z ofislarini ochib, 1 million dollarlik eksport qilishni mo‘ljallamoqda.

«Bu “Raqamli O‘zbekiston – 2030» strategiyasi doirasida O‘zbekistonning xalqaro IT-markaz bo‘lish maqsadini qo‘llab-quvvatlagan holda iqtisodiyotni rivojlantirish, ish o‘rinlari yaratish va mutaxassislar malakasini oshirishga xizmat qiladi”, – deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kursiv Oʻzbekistonning IT Park va Qozogʻistonning Astana Hub texnoparklari birlashgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek