Shavkat Mirziyoyevning Turkmanistonga tashrif buyurishi kutilmoqda

eʼlon qilindi
Maʼlum qilinishicha, forumda 10 dan ortiq davlat prezidentlari ishtirok etishi kutilmoqda
Foto: Prezident matbuot xizmati

Turkmanistonda 11-oktabr kuni «Zamonlar va sivilizatsiyalar oʻzaro aloqasi – tinchlik va taraqqiyot asosi» mavzusida xalqaro forum oʻtkaziladi. Forum buyuk shoir va mutafakkir Maxtumquli Firogʻiyning 300-yilligiga bagʻishlanadi. Bu haqda «Turkmaniston axborot portali» xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, forumda 10 dan ortiq davlat prezidentlari hamda Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT), Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti, Turkiy kengash (TURKSOY), Mustaqil davlatlar hamdoʻstligi (MDH) rahbarlari ishtirok etishi kutilmoqda.

Hozircha Kreml matbuot xizmati 11-oktabr kuni Vladimir Putin forumda ishtirok etish uchun Turkmanistonga tashrif buyurishini rasman tasdiqladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev Rossiyaga tashrif buyurgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek