Turkmanistonda 11-oktabr kuni «Zamonlar va sivilizatsiyalar oʻzaro aloqasi – tinchlik va taraqqiyot asosi» mavzuida xalqaro forum oʻtkaziladi. Forum buyuk shoir va mutafakkir Maxtumquli Firogʻiyning 300-yilligiga bagʻishlanadi. Bu haqda «Turkmaniston axborot portali» xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, forumda 10 dan ortiq davlatlar prezidentlari hamda Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT), Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti, Turkiy kengash (TURKSOY), Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi (MDH) rahbarlari ishtirok etishi kutilmoqda.
Hozircha Kreml matbuot xizmati 11-oktabr kuni Vladimir Putin forumda ishtirok etish uchun Turkmanistonga tashrif buyurishini rasman tasdiqladi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev Rossiyaga tashrif buyurgani haqida xabar bergan edi.