Silk Avia Fargʻona va Samarqand oʻrtasida muntazam reyslarni yoʻlga qoʻydi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Haftalik yo‘lovchi qatnovlari seshanba kunlari amalga oshiriladi
Foto: Silk Avia

Silk Avia aviakompaniyasi Air Marakanda bilan hamkorlikda Samarqand va Fargʻona oʻrtasida muntazam aviaqatnovlarni qoʻlga qoʻydi. Bu haqda kompaniya Kursiv Uzbekistanʼga ma’lum qildi.

Ma’lum qilinishicha, Fargʻonadan birinchi reys Samarqand xalqaro aeroportiga bugun, 8-oktabr kuni amalga oshirildi.

Fargʻona – Samarqand – Fargʻona yoʻnalishi boʻyicha haftalik yoʻlovchi qatnovlari seshanba kunlari quyidagi jadval boʻyicha amalga oshiriladi:

Fargʻonadan joʻnab ketish 13:00, Samarqandga yetib kelish 14:40;

Samarqanddan joʻnab ketish 15:20, Fargʻonaga yetib kelish 16:40.

Biletlarni aviakompaniyaning rasmiy saytida va Samarqand xalqaro aeroportining 24 soatlik aviakassasida xarid qilish mumkin.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Silk Avia 11-sentabrdan Toshkent – Shahrisabz – Toshkent yoʻnalishida aviaqatnovlarni yoʻlga qoʻygani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek