Toshkentda xalqaro kiberxavfsizlik sammiti bo‘lib o‘tadi

eʼlon qilindi
Xaker Jeyson Street ham o‘z taqdimoti bilan ishtirok etadi
Foto: IgorVetushko / depositphotos

Toshkentda 9–10-oktabr kunlari «Kibertahdidlar sammiti – Markaziy Evroosiyo, CSS 2024» II xalqaro kiberxavfsizlik sammiti bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Kiberxavfsizlik markazi xabar berdi.  

Tadbir «Kiberxavfsizlik markazi» va Dialogue Events hamkorligida tashkil etiladi. Unda 30 dan ortiq mamlakatlardan 60 ga yaqin kompaniyalar va 120 dan ortiq delegatlar ishtirok etadi.

Sammitning asosiy maqsadi kiberxavfsizlik bo‘yicha tajriba almashish, zamonaviy yechimlarni muhokama qilish va yangi biznes imkoniyatlarini ochishdan iborat.

Qayd etilishicha, ikki kunlik tadbirda yalpi muhokamalar, taqdimot sessiyalari, texnologiya namoyishlari o‘tkaziladi.

Bundan tashqari, tadbir doirasida malakali mutaxassis xaker Jeyson Street ham o‘z taqdimoti bilan ishtirok etadi.

Ma’lum qilinishicha, tadbir davomida Cyberkent 2.0 musobaqalari o‘tkaziladi. Musobaqada Red Team va Blue Team jamoalari final bosqichlarda qatnashadi.

Shuningdek, STF va Robbo fest musobaqalari ham bo‘lib o‘tadi, unda yoshlar kibertahdidlarni bartaraf etish va robototexnika bo‘yicha o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazishadi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan O‘zbekiston FinTech assotsiatsiyasi va Loialte kiberxavfsizlik bo‘yicha mutaxassislar tayyorlashi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek