Yangiliklar

Wildberries yuklarni uygacha bepul yetkazib berish xizmatini ishga tushiradi

2025 yilga borib O‘zbekistonda ham
Foto: Mertech.com

Wildberries endi yirik buyumlar, jumladan, maishiy texnika, mebel, qurilish materiallari va sanitariya-texnik vositalarni uyma-uy bepul yetkazib berishini e’lon qildi. 2025-yilga borib kompaniya ushbu xizmatni MDH davlatlari, jumladan, O‘zbekistonda ham yo‘lga qo‘yadi.

Bepul yetkazib berish xizmati allaqachon Rossiyaning 24 mintaqasida va 400 ga yaqin aholi punktlarida mavjud. Bundan tashqari, kompaniya Armaniston, Qozog‘iston va Belarusdan sotuvchilarni jalb qilishga intilmoqda.

Platformada allaqachon 3 mingdan ortiq sotuvchilar mahsulotni bepul yetkazib berish xizmatini taklif qilmoqda. Kompaniya ma’lumotlariga ko‘ra, bunday mahsulotlarga qiziqish o‘tgan yilga nisbatan qariyb 5 baravar ortgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Wildberries 35,5 ming qabul qilish punktini yagona tarmoqqa birlashtirishi haqida yozgan edi.