Sog‘liqqa yengil shikast yetkazish ma’muriy huquqbuzarlik tarkibiga kiritildi

eʼlon qilindi
Jinoyat va Ma’muriy javobgarlik kodekslariga o‘zgartirishlar kiritildi
Foto: NewAfrica / depositphotos

Sog‘liqqa yengil shikast yetkazish ma’muriy huquqbuzarlik tarkibiga kiritildi. Bu haqda Adliya vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Yangi o‘zgartirishlarga ko‘ra, sog‘liqqa yengil shikast yetkazish yoki mehnat qobiliyatini qisqa muddatga yo‘qotishga olib kelmagan jinoyatlar endi jinoiy jazo tarkibidan chiqarilib, ma’muriy huquqbuzarlik sifatida baholanadi. Shuningdek, qonun bo‘yicha huquqbuzar hamda jabrlanuvchi o‘rtasida yarashuv instituti doirasi kengaytiriladi.

Huquqbuzarlik bir yil davomida qayta sodir etilsa, kuchaytirilgan jazo choralari qo‘llaniladi. Ya’ni bazaviy hisoblash miqdori (BHM) ning 5 dan 25 baravargacha miqdorida jarima yoki 15 sutkagacha ma’muriy qamoq jazosi qo‘llaniladi. Mazkur qonun 7-oktabr kunidan boshlab kuchga kirdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kursiv Uzbekistan elektr tokidan foydalangan holda baliq ovlash uchun jinoiy javobgarlikni belgilash rejalashtirilgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek