Yangiliklar

AQShga «Miltan» toʻfoni xavf solmoqda

Parvozlar bekor qilinmoqda
Foto: AFP / Meksika ko‘rfazi ustidagi «Milton» (kosmosdan ko‘rinishi)

AQShning Florida Shtati gʻarbiy sohilida kuchli «Miltan» toʻfoni sodir boʻlmoqda. Bir milliondan ortiq shtat aholisiga toʻfon Tampa hududiga tushishidan oldin evakuatsiya qilish buyurilgan. Bu haqda «Amerika Ovozi» xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, toʻfon soatiga 150 milya (241 km/soat) boʻlgan 4-toifaga koʻtarilib, mintaqadagi eng halokatli toʻfonlardan biri boʻlishi mumkinligi aytilmoqda. Florida gubernatori Ron DeSantis 8 ming nafar milliy gvardiya askarlarini jalb qilish va zaruriy ehtiyot qismlarni tayyorlash haqida topshiriq berdi.

Shuningdek, seshanba kuni tushdan keyin 900 ga yaqin ichki va xalqaro reyslar kechiktirildi va 700 ga yaqini bekor qilindi. Parvozlarni kuzatish ma’lumotlari provayderi FlightAware ma’lumotlariga ko‘ra, chorshanba kuniga rejalashtirilgan 1500 dan ortiq reyslar ham allaqachon bekor qilingan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan AQShda «Helen» to‘foni qurbonlari soni 90 nafardan oshgani haqida xabar bergan edi.