Yangiliklar

Buxoroga turistlar oqimini 8 millionga yetkaziladi — Shavkat Mirziyoyev

Kelgusi uch yil ichida
Foto: Shutterstock.com

Prezident Buxoro xalqaro aeroporti qurilishiga oid taqdimot loyihasi bilan tanishdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, kelgusi uch yilda Buxoroga turistlar oqimini 8 mlnga yetkaziladi. Davlat-xususiy sheriklik asosidagi ushbu loyiha doirasida jahon standartlariga mos aeroport tashkil etiladi va soatiga 1,2 ming yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatish imkoniyati paydo bo‘ladi. Yo‘lovchi va havo kemalariga servis sifatini oshirish orqali yangi xalqaro aviakompaniyalar bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi.

Davlat rahbari yangi aeroportda o‘tkazuvchanlik qobiliyatini 2 barobar oshirib, soatiga 8 ta samolyot kelish-ketishiga imkoniyat yaratish zarurligini aytdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq prezident Toshkentni kamida 7,5 million aholi yashaydigan shaharga aylantirish lozimligi haqida topshiriq bergan edi.