Yangiliklar

Google kompaniyasi bo‘linib ketish arafasida

Google noqonuniy monopoliya yaratishda ayblanmoqda
Foto: Trends.rbc.ru

AQSH Adliya vazirligi Alphabet – Google kompaniyasining egasidan sud orqali Chrome brauzeri va Android operatsion tizimini sotishni talab qilishi mumkinligini e’lon qildi. Bu haqda Bloomberg axborot agentligi ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, avgust oyida AQSH sudi AQSH internet qidiruvlarining 90 foizi bilan shug‘ullanadigan Google noqonuniy monopoliya yaratish va dunyoning standart qidiruv tizimiga aylanish uchun milliardlab dollar sarflab, monopoliyaga qarshi qonunlarni buzgan.

Prokurorlarning so‘zlariga ko‘ra, ushbu choralar Google’ning sun’iy intellekt sohasidagi tez rivojlanayotgan biznesda o‘zining oldingi hukmronligini davom ettirishining oldini olishga qaratilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Google inson kabi mulohaza yuritadigan sun’iy intellekt yaratishi haqida yozgan edik.