Isroil «Hizbulloh» rahbarining halok bo‘lganini tasdiqladi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Bu haqda Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu ma’lum qildi
Foto: Alarabiya

Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyaxu Bayrutga qilingan zarba natijasida Livan harbiy guruhi «Hizbulloh»ning yangi rahbari Hoshim Safi ad-Din halok bo‘lganini tasdiqladi. Bu haqda The Times of Israel portali xabar berdi.

«Isroil “Hizbulloh»ning imkoniyatlarini zaiflashtirdi. Biz minglab terrorchilarni, shu jumladan, «Hizbulloh»ning ko‘p yillik rahbari Hasan Nasrulloni va Nasrulloning o‘rnini egallagan rahbarni va uning o‘rnini egallagan shaxsni yo‘q qildik”, – dedi Netanyaxu.

Siyosatchi «Hizbulloh» bugungi kunda so‘nggi yillardagiga nisbatan zaiflashganini ta’kidladi.

Eslatib o‘tamiz, 5 oktabrda Kursiv Uzbekistan Alarabiya portaliga tayanib, Hoshim Safi ad-Din bilan aloqa uzilgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek