Yangiliklar

Kimyo bo‘yicha Nobel mukofoti sovrindorlari ma’lum bo‘ldi

Mukofot miqdori taxminan $1,06 millionga teng
Foto: www.nobelprize.org

2024-yilgi kimyo bo‘yicha Nobel mukofoti «oqsilni hisoblash dizayni» uchun amerikalik Devid Beker va «oqsil tuzilishi prognozi» uchun Buyuk britaniyalik Demis Hassabis va Jon Jumperga berildi

Mukofot miqdori taxminan $1,06 millionga teng. Pul mukofotidan tashqari, Shvetsiya qiroli sovrindorlarga medal va diplomlarni topshiradi.

Ma’lumot uchun, 10-oktabrda adabiyot, 11-oktabr kuni Osloda tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti laureatlari, 14-oktabr kuni Alfred Nobel mukofotining iqtisod bo‘yicha sovrindorlari nomi e’lon qilinadi.

Shuningdek, 14-oktabrda Shvetsiya banki tomonidan 1968-yilda ta’sis etilgan Alfred Nobel mukofotining iqtisod bo‘yicha sovrindori ma’lum bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, 2023-yilgi kimyo bo‘yicha Nobel mukofoti «kvant nuqtalarini yaratish va sintez qilish usulini ishlab chiqqani uchun» berilgan edi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan fizika bo‘yicha Nobel mukofoti sovrindorlari haqida xabar bergan edi.