Oʻzbekiston aeroportlarida yoʻlovchilar oqimi 2,5 barobar oshdi

eʼlon qilindi
Foto: Uzbekistan Airports

Yanvar-sentyabr oylarida O‘zbekiston aeroportlari xizmatlaridan qariyb 10 mln kishi foydalangan, yo‘lovchi tashish esa o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 133 foizga oshgan. Bu haqda Uzbekistan Airports ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, to‘qqiz oy ichida mamlakat aeroportlari 82,6 ming reysga xizmat ko‘rsatgan. Bu 2023-yilning shu davriga nisbatan 138 foizga ko‘p. Parvozlarning uchdan ikki qismi xalqaro yo‘nalishlarda, qolgani esa ichki yo‘nalishlarda amalga oshirilgan.

Yoʻlovchi tashishning eng katta nisbiy oʻsishi Qarshi aeroportida qayd etilgan. 2024-yilning to‘qqiz oyida undan o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 3,5 barobar ko‘p yo‘lovchilar foydalangan.

O‘zbekiston aeroportlarida yuk aylanmasi 21 foizga oshib, 62 ming tonnani tashkil etgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan nashri “Iberojet» aviakompaniyasi Madriddan Toshkent va Urganchga aviareyslarni yo‘lga qo‘yilayotgani haqida yozgan edi.

Shuningdek