Yangiliklar

Oʻzbekistonda fuqarolik obyektlarini qurilish hajmi 10 foizdan ziyodga o‘sdi

Statistika agentligi ma’lum qildi
Foto: Unsplash

O‘zbekistonda joriy yilning yanvar oyidan avgust oyiga qadar 19,6 trln so‘mlik fuqarolik obyektlari qurildi. Bu haqda respublika Statistika agentligi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 12,1% ga yuqori.

Shuningdek, joriy yilda fuqarolik obyektlarini qurish yo‘nalishi 20,7 foizni ulushni tashkil etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan o‘zbek qurilish kompaniyalari byurokratiya va mahsulot sifatining pastligi haqida shikoyat qilgani haqida xabar bergan edi.

Avvalroq hukumat 400 ta korxona vakillarini so‘rovdan o‘tkazib, ular qanday muammolarga duch kelayotganini aniqlashga harakat qilgan edi.