Yangiliklar

O‘zbekiston qochqinlarga oid qonun loyihasi ustida ish olib bormoqda

Bu haqda YUNISЕF hisobotida ma’lum qilindi
Foto: Unsplash

O‘zbekiston hukumati qochqinlarga mamlakatda imkoniyatlarni kengaytirishga oid qonun loyihasini tayyorlashga kirishdi. Bu haqda YUNISЕF ma’lum qildi.

Tashkilot ma’lumotlariga ko‘ra, 2021-yilda O‘zbekistonga 13 mingdan ortiq Afg‘oniston fuqarolari qisqa muddatli vizalar bilan kirgan. Ushbu holat «Tolibon» harakati hokimiyatni qayta tiklaganidan so‘ng yuzaga kelgan.

Qayd etilishicha, ular O‘zbekistonda huquqiy va iqtisodiy qiyinchiliklarga, jumladan, ro‘yxatdan o‘tish va asosiy xizmatlarga kirishda muammolarga duch kelishmoqda.

«Mening fikrimcha, tavsiyalar 2026 – 2030 yillar uchun O‘zbekiston hukumati va YUNISЕF o‘rtasidagi mamlakat dasturi doirasida hujjat ishlab chiqilishi uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Bu “O‘zbekiston – 2030» Milliy strategiyasiga muvofiq, barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishga yo‘naltirilgan bo‘lib, bolalar va o‘smirlar farovonligiga alohida e’tibor qaratadi”, – deya ta’kidladi YUNISЕF ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Rexina Mariya.  

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kursiv Uzbekistan eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun maktablarga robototexnika to‘plami berilishi haqida xabar qilgan edi.