Yangiliklar

O‘zbekiston va Tojikiston tranzit tashishni soddalashtirdi

Haydovchilar ruxsatnoma blankalarini to‘ldirishdan ozod qilinadi
Foto: Depositphotos.

Tojikiston O‘zbekiston bilan xalqaro avtomobil tashuvlari to‘g‘risidagi hukumatlararo bitimga qo‘shimchalarni ratifikatsiya qildi. Bu haqda UzDaily ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, endi yuk mashinalari haydovchilari qo‘shni davlat hududi orqali tranzit o‘tish uchun har safar ruxsat olishga majbur bo‘lmaydi.

Tomonlar Shavkat Mirziyoyevning joriy yil aprel oyida Tojikistonga tashrifi chog‘ida tranzit tashishni o‘zaro soddalashtirishga kelishib olgan edi. O‘zbekiston kelishuvga qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi protokolni sentabr oyida ratifikatsiya qildi.

Bojxona statistikasi shuni ko’rsatadiki, O’zbekiston va Tojikiston har yili tranzit yuk tashish uchun 25-30 ming ruxsatnoma almashgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan nashri O‘zbekistondan Rossiyaga temir yo‘l orqali yuk tashish chegirmalari uzaytirilgani haqida yozgan edi.