Yangiliklar

O‘zbekistonga sakkiz oy ichida deyarli 13 mingta elektromobil import qilindi

Xitoy yetkazib berish bo‘yicha yetakchi bo‘ldi
Foto: kristt / www.depositphotos.com

O‘zbekiston Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yilning yanvar – avgust oylarida mamlakatga umumiy qiymati $166,8 mlnga teng bo‘lgan 12,9 mingta elektromobil import qilindi. Ya’ni birgina avgust oyining o‘zida respublikaga 2,3 ming avtomobil olib kelindi.

Xitoy O‘zbekistonga eng ko‘p elektromobil yetkazib beruvchi davlat bo‘lib, deyarli barcha mashinalar Xitoydan keltirildi (12,8 mingta). Shuningdek, Qozog‘iston (22 ta), Gonkong (15 ta), Germaniya (12 ta), Birlashgan Arab Amirliklari (10 ta) va AQSh (9 ta) kabi davlatlardan ham elektromobillar olib kelingan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan joriy yilning yetti oy ichida O‘zbekistonning avtomobil importi 10,6 ming dona mashinaga yetgani haqida yozgan edi.