Poytaxtning Asaka ko‘chasida vaqtincha avtomobillar harakati cheklandi
eʼlon qilindi
10-oktabr soat 17:00ga qadar
Mirzo Ulug‘bek tumanidagi Asaka ko‘chasida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari sababli avtomashinalar harakati uchun vaqtincha yopildi. Bu haqda tuman matbuot xizmati hokimligi ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, Asaka ko‘chasining Parkent-2 tor ko‘chasi kirish qismidan Maxatma Gandi ko‘chasiga qadar qismida avtomobillar harakati 10-oktabr soat 17:00 ga qadar vaqtincha cheklanadi.
Shuningdek, Mirzakalon Ismoiliy ko‘chasining Asaka ko‘chasi bilan kesishmasi vaqtincha yopildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentdan Chimyonga yangi tunnel ochilgani haqida yozgan edik.