Rossiyaning Primorye o‘lkasida migrantlarning avtobus haydashi taqiqlanmoqda
eʼlon qilindi
2025-yildan boshlab
2025-yildan boshlab Primorskda mehnat muhojirlariga avtobus haydash va kuryer sifatida ishlash taqiqlanadi, deb xabar berdi «RIA Novosti».
Bundan tashqari, ularga trolleybus va tramvaylarni boshqarish, shuningdek, har qanday turdagi yuk tashish bilan shug‘ullanish ham taqiqlanadi. Biroq taqiq ekskursiya va sayyohlik avtobuslariga ta’sir qilmaydi.
Bungacha Primorye hukumati yettita ish faoliyati turi bo‘yicha migrantlarning ishlashiga taqiq joriy qilgan edi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan nashri Moskva viloyatidagi muhojirlarga shaurma sotish taqiqlanishi haqida yozgan edi.