Rossiya prezidenti Vladimir Putin o‘zbekistonlik diplomat, MDH bosh kotibi o‘rinbosari Ilhom Ne’matovni Do‘stlik ordeni bilan taqdirladi. Bu haqda prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, elchi ikki mamlakat o‘rtasida munosabatlarni mustahkamlashga qo‘shgan hissasi uchun mukofot bilan taqdirlangan.
Taqdirlash marosimi MDH davlat rahbarlari kengashining majlisida bo‘ldi, unda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ham ishtirok etdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kursiv Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev Rossiyaga tashrif buyurgani haqida xabar bergan edi.