Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini erkin sotish uchun platforma ishga tushirildi

eʼlon qilindi
Bu haqda hukumat qarorida belgilandi
Foto: AndrewLozovyi / depositphotos

Vazirlar Mahkamasining 621-sonli qaroriga binoan 2024-yil 8-oktabrdan zamonaviy agrokompleks faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha «Uzex Agro» platformasi ishga tushirildi.

Hujjatga ko‘ra, «Uzex Agro» elektron savdo maydonchasining uzluksiz ishlashini ta’minlash vazifasi O‘zbekiston Respublikasi tovar-xomashyo birjasi huzurida tashkil etilgan «Agro Exchange» MCHJga yuklatildi.

Bundan tashqari, MCHJga hududlarda qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan foydalanishni kengaytirish orqali zamonaviy agrokomplekslar tashkil etish vazifasi ham yuklatilgan.

2025-yil 1-yanvarigacha aholi, fermerlar va dehqon xo‘jaliklaridan platforma orqali mahsulotlarni sotish uchun vositachilik to‘lovlari undirilmaydi.

Ma’lumot uchun, hukumat qarorida «Uzex Agro» elektron savdo maydonchasida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sotish tartibi to‘g‘risidagi nizom ham tasdiqlangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kursiv Uzbekistan tadbirkorlar bilan muloqot qilish uchun elektron platforma ishga tushirilishi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek